Jazeera Airways Toshkent shahriga yangi reysni yo’lga qo’ymoqda

28-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda «Jazeera Airways» ijrochi direktori Roxit Ramachandran ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Toshkentda haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladigan yangi Toshkent-Quvayt-Toshkent reyslari yo'lga qo'yilayotgani aytildi.
JazeeraAirways direktori nutq so'zladi:
“Jazeera Yaqin Sharq tomonidan yetarlicha xizmat ko‘rsatilmayotgan mamlakatlar bo‘ylab ko‘lamini kengaytirishda davom etadi va mehnat ta’tilini rejalashtirayotgan sayyohlarning yirik ko‘lamiga xizmat ko‘rsatadi. Butun dunyoda koronavirus inferksiyasiga qarshi vaksinatsiya davom etib kelayotgani bois bu yozgi mavsumda aeroportlar sayohatlar uchun xavfsiz deya e’tirof etilayotgan ajoyib maskanlarni taklif qilib, sekin-asta o‘z chegaralarini ochmoqda. Aviakompaniya uchuvchilari va bort kuzatuvchilari to‘liq vaksinatsiyadan o‘tishgan, shuning uchun mijozlarimiz biz bilan xavfsiz sayohat qilayotganliklariga ishonch hosil qilishlari mumkin”.
Shunisi e'tiborga loyiqki, ilgari Quvaytga faqat o'z mamlakatining fuqarolari yoki ularning eng yaqin qarindoshlari Quvayga kirishlari mumkin edi, ammo 2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi reyslar tufayli har bir O'zbekiston fuqarosi bunday imkoniyatga ega bo'ladi.






